“Hududgazta’minot” raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
26 Oktabr
5053Mahmudjon Jamshidovich Yoqubov “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining gaz sotish va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Mahmudjon Yoqubov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ma’rufxon Maqsudovich Xo‘jayev “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangandi. Shuningdek, tashkilotning boshqaruv raisi o‘rinbosari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddasiga (Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish) asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi.