Hozir davlatimizning chegarasi ochiq – Ilhomjon Ne’matov
Jamiyat
−
06 dekabr 2019
3641So‘nggi uch yil ichida O‘zbekiston butunlay izolyatsiyadan chiqdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi PRESS-KOFEda aytib o‘tildi.
Unda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, siyosiy partiyalar vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishmoqda.
Ishtirokchilar PRESS-KOFEda O‘zbekiston 3 yilda tashqi siyosatda qanday mamlakatga aylanmoqda, O‘zbekiston tashqi siyosatida 3 yil davomida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi, O‘zbekistonga qanday investorlar qiziqish bildirmoqda, kabi bir bir qator masalalarni muhokama qilishmoqda.
"Markaziy Osiyoda juda ko‘p muammolar bor: siyosiy muammolar, iqtisodiy muammolar, gumanitar muammolar, ekologik muammolar...
Markaziy Osiyo Mamlakatlarining Maslahat kengashi shu muammolarga birgalikda yechim izlashga imkoniyat yaratadi.
Oxirgi 3 yil davomida O‘zbekiston tashqi siyosatida misli qo‘rinmagan yutuqlarga erishdi. Ulardan biri qo‘shnilarimiz bilan chegaradagi muammolar o‘z yechimini topdi. Hozir davlatimizning chegarasi ochiq.
Yana bir muhim, tarixiy voqea – bu Markaziy Osiyoning barcha davlat rahbarlari bilan to‘liqona uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyoda mavjud muammolar muhokama qilindi va davlat rahbarlari bir yechimga kelishdi.
So‘nggi bir yarim yil ichida xorijiy sheriklar bilan umumiy qiymati 31 milliard dollarlik 816 ta loyiha ishlab chiqilib, imzolandi.
So‘nggi uch yil ichida O‘zbekiston butunlay izolyatsiyadan chiqdi. Ilgari O‘zbekiston atrofidagi tashqi siyosiy muhit yomon edi. Bugungi kunda ushbu tendensiya butunlay o‘zgardi”, dedi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ne’matov Ilhomjon.
LiveBarchasi