Hojiakbar Alijonov Niderlandiya bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Sport

image
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov mashg‘ulotlar paytida oyog‘ining boldir mushak qismida noqulaylik his qilgan va shu sababli Niderlandiya bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.

Tibbiy diagnostik va klinik tekshiruv xulosalarga ko‘ra, Alijonovning tiklanishi uchun 1 hafta muddat talab etiladi. Hozirda Hojiakbar tibbiy shtab nazorati ostida individual ravishda tiklanish mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Hojiakbar Alijonov kecha, 2 may kuni Kanadaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida qaydnomaga kiritilmagan edi, biroq keyinchalik u terma jamoaning Jahon chempionati uchun yakuniy 26 talik qaydnomasidan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Kanadaga qarshi uchrashuvda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Endilikda “oq bo‘rilar” joriy yilning 8 iyun kuni Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Niderlandiya Hojiakbar Alijonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing