Hovuzdagi baliqlarni qo‘liga olib, unga e’tiroz bildirgan ayolni so‘kkan yigit ushlandi (video)
3-sahifa
−
25 iyun 20793 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda hovuzdagi baliqni qo‘li bilan ushlagan yigit unga e’tiroz bildirgan ayolni haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 23 iyun kuni taxminan soat 22:00 da poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan istirohat bog‘larining birida 2003 yilda tug‘ilgan M.Sh. ismli yigit hovuzdagi baliqni suvdan chiqargan holda qo‘li bilan ushlab olgan. Uning bu harakatiga 2000 yilda tug‘ilgan D.A. e’tiroz bildirgan va baliqni suvga qo‘yib yuborishini so‘ragan. Biroq M.Sh. jamoat joyida bo‘la turib, D.A.ga uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan fuqaro M.Sh.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq internetda toshkentliklarni haqoratlagan 25 yoshli qiz 10 sutkaga qamalgandi.
Live
Barchasi