Hosiyat Bobomurodova O‘zbekiston xalq shoiri bo‘ldi
Jamiyat
−
03 mart 3624 1 daqiqa
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Hosiyat Bobomurodova “O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.
Ma’lumot uchun, Hosiyat Bobomurodova 1950 yil Samarqand viloyatining Xatirchi tumanidagi “Ibn Sino” jamoa xo‘jaligida tavallud topgan. Uning otasi mulla Bobomurod ma’rifatli kishi bo‘lgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida tahsil olgan. 1967 yildan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, 1975 yilda maktabda direktor bo‘lib ishgan. 1983—1989 yillarda Navoiy viloyati va 1990—2003 yillarda Samarqand viloyati Yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib lavozimida faoliyat yuritgan. 2003—2005 yillarda Zarafshon nashriyoti direktori bo‘lib xizmat qilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Xalq ta’lim alochisi. Shuhrat medali sohobi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maslahatchisi – spichrayteri Xayriddin Madriddinovich Sultonovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berilgan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr