Holand 7 ta jabhada Messi va Ronaldudan o‘zib ketdi
Sport
−
21 Oktabr 2025 3961 2 daqiqa
“Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holandning eng hayratlanarli 7 yutug‘i eslab o‘tildi. Bu yutuqlar bo‘yicha Holand Messi va Ronaldudan oldinda hisoblanadi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
1. U-20 Jahon chempionatida 9 ta gol
Holand 2019 yilgi U-20 Jahon chempionatida Gonduras darvozasiga 9 ta gol urib, futbol tarixidagi eng yorqin yoshlar rekordlaridan birini o‘rnatgan. O‘sha o‘yinda Norvegiya 12:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
2. “Borussiya Dortmund”dagi debyutdagi xet-trik
Bundesligadagi ilk o‘yinida Holand “Augsburg”ga qarshi 23 daqiqa ichida xet-trik qayd etgan. Maydonga tushgach, o‘yinni 3:5 hisobida jamoasi foydasiga o‘zgartirgan.
3. Premer-ligada tarixiy rekord
Holand “Manchester Siti” safidagi birinchi mavsumda 36 ta gol urib, Alan Shirer va Endi Koulning 30 yillik rekordini yangilagan edi. Bu ko‘rsatgich bilan u Premer-liga tarixidagi bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turibdi.
4. Chempionlar ligasi 1/8 finalidagi “poker”
2023 yilgi Chempionlar ligasining 1/8 finalida “RB Leypsig” darvozasiga beshta gol urib, Messi va Luis Adriano kabi tarixda bitta o‘yinda 4 dan ortiq gol kiritgan kam sonli futbolchilar qatoriga kirdi.
5. Eng tez 50 gol urgan futbolchi
Holand Chempionlar ligasidagi 50 ta golga atigi 49 o‘yinda erishdi. Bu borada u Messi, Ronaldu, Mbappe va Levandovskiydan tezroq natija qayd etgan.
6. Milliy jamoa bilan 50 ta gol
Norvegiya terma jamoasi safida 46 ta o‘yinda 50 ta gol urgan Holand futbol tarixida bu marrani eng tez zabt etgan futbolchi hisoblanadi. U bu borada Pele, Messi va Ronaldudan ham oldinda turibdi.
7. 10 o‘yinda 19 gol
Joriy mavsumni dahshatli formada boshlagan Holand klub va terma jamoa safida ketma-ket 10 o‘yinda 19 ta gol kiritdi. Bu natija bilan u Mbappeni natijasini ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Holand Norvegiya terma jamoasi bilan 2026 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Norvegiya saralashda 18 ochko to‘plagan holda 1-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erling Holand APLda sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025