Hokimlik zaxirasidagi yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Jamiyat
−
09 avgust 2021
4396Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani va Xonobod shahrida fuqarolarga hokimlik zaxirasidagi yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Departament va DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Kadastrlar palatasi Oltinko‘l tuman bo‘limi boshlig‘i M.A. fuqaro U.ga S.Ashurov massivida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 1 gektar yer maydonini 50 000 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yakka tartibda 20 ta turar joy kottejlarini qurish uchun hujjatlarni hal qilib olib berishni va’da qilib, oldindan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.J. boshqa bir fuqaro R.ga Qo‘rg‘ontepa tumani “Markaziy dehqon bozori” oldidagi 13 m kv yer maydonini tanishlari orqali egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarni olib berish evaziga 5 000 AQSH dollari va 50 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi