Hokimlik yerini sotmoqchi bo‘lgan gvardiya xodimi ushlandi (video)
3-sahifa
−
28 fevral 2023
6326Samarqand viloyati Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limida qorovul lavozimida ishlovchi shaxs o‘zining qarindoshidan 100 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Milliy Gvardiyaning Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limida xizmat qiluvchi qorovul muqaddam hokimlik tomonidan bog‘dorchilik qilish uchun berilgan 70 sotix yer maydonini xaridorga 175 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan. Oldindan 100 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlangan.
“Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi Davlat xavfsizlik xizmati xabarida.
LiveBarchasi