Hokim yordamchisi pora bilan ushlandi
Olam
−
30 dekabr 2023
9815Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi pora bilan ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bildirilishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs Toshkent viloyatining Ohangaron tumani “Ilg‘or” MFY hududida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 10 gektar yer maydonini “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining 67-bandining ijrosi doirasida 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga tadbirkordan 80 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u mazkur pul mablag‘idan 15 ming AQSH dollarini Ohangaron tumani “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisiga berishi kerakligi aniqlanib, ushbu mansabdor shaxs ham so‘ralgan pulni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi 50 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga olingandi. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida esa Kadastr agentligining bosh mutaxassisi va ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta inspektori pora olayotganda ushlandi.
LiveBarchasi