Hokim va vazirlar necha pullik mashina minishi mumkinligi belgilandi
Jamiyat
−
01 may 2021
15995Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtoransport vositalarini biriktirish me’yorlari tasdiqlandi.
Jumladan:
• Vazirlar, davlat qo‘mitalari rahbarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga biriktiriladigan xizmat avtotransportining eng yuqori narxi — BHMning 2000 baravari (490 mln so‘m)dan;
• Ularning o‘rinbosarlari xizmat avtotransportining eng yuqori narxi — 1500 baravari (367 mln 500 ming so‘m)dan;
• Tuman va shahar hokimlari xizmat avtotransportining eng yuqori narxi — BHMning 1000 baravari (245 mln so‘m)dan;
• Davlat boshqaruvi organlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek, tuman, shahar hokimi o‘rinbosarlari xizmat avtotransporti narxi — BHMning 700 baravari (171 mln 500 ming so‘m)dan oshmasligi belgilandi.