“Hizbulloh” yetakchisi bilan birga Eron generali ham halok bo‘lgan
Olam
−
28 Sentabr
10387Isroilning “Hizbulloh”ning Bayrut chekkasidagi yerosti qo‘mondonlik markaziga uyushtirgan havo hujumi oqibatida “Hizbulloh”ga yordam berish uchun Erondan Livanga jo‘natilgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) qo‘mondoni o‘rinbosari, general-mayor Abbos Nilforushan halok bo‘ldi. U “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh bilan bir hujumda halok bo‘lgan. Bu haqda bugun, 28 sentyabr kuni Eronning IRNA davlat axborot agentligi xabar berdi.
Tehron amaldorlari rasmiy ravishda IIQK generalining o‘limi haqidagi xabarlarga hozircha izoh bermagan. Shu bilan birga, Eronning oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Hasan Nasrullohning o‘limi munosabati bilan o‘ch olish haqidagi bayonotlar berishdan hozirgacha o‘zini tiyib kelmoqda.
Xomanaiy, xususan, “sionist jinoyatchilar”ning “Livandagi “Hizbulloh”ning kuchli tuzilmasiga jiddiy zarar yetkazish uchun juda ahamiyatsiz” ekanligini aytdi va Isroilning harakatlarini “qisqa ko‘rish va ahmoqlik” deb atadi.
“Reuters” agentligining Tehrondagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Isroilning Bayrutga havo hujumi uyushtirganidan so‘ng Eronning oliy rahbari atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan va uning o‘zi “xavfsiz joyga” yetkazilgan.
O‘z navbatida, Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Nosir Kanani “Hizbulloh” yetakchisining tugatilishi haqidagi xabarga munosabat bildirar ekan, Nasrullohning yo‘li davom etishini va “uning maqsadi Quddusni ozod qilish ekanligini aytdi.
Isroil harbiylari “Hizbulloh” markaziga zarba berish uchun uchgan Hatzerim aviabazasi qo‘mondoni, brigada generali Amichai Levinning aytishicha, “juda murakkab” missiyaga tayyorgarlik ko‘pdan beri davom etmoqda.
“O‘nlab o‘q-dorilar bir necha soniya ichida nishonga juda yuqori aniqlik bilan tegdi va bu chuqurlikdagi yer osti ob’ektlarini yo‘q qilish uchun zarur bo‘lgan narsalarning bir qismi”, dedi aviabaza komandiri.
Levinning so‘zlariga ko‘ra, Nasrullohning yo‘q qilinishi “Yaqin Sharq qiyofasini o‘zgartirishga chuqur ta’sir ko‘rsatadi”.
Isroil harbiylari “Hizbulloh” infratuzilmasi va imkoniyatlarini zaiflashtirish maqsadida olti xil bino ostida joylashgan qurol-yarog‘ omborlarini yo‘q qilganini aytdi. Isroilning Ynet portaliga ko‘ra, “Hizbulloh” qarorgohiga tashlangan bombalarning umumiy og‘irligi 80 tonnadan oshgan.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning 27 sentyabrdagi zarbalari oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 91 kishi yaralangan. vazirlik, shuningdek, hujum oqibatida oltita turar-joy binosi vayron bo‘lganini ma’lum qildi.
“Shunday qilib, o‘lim soni sezilarli darajada oshishi mumkin. Bir kun ichida Isroil armiyasi Livandagi “Hizbulloh”ning 140 ta nishoniga zarba berdi”, deya xabar berdi SAXAL.
O‘z navbatida, “Hizbulloh”Isroil tomon o‘nlab raketalarni otgan.
SAXAL matbuot kotibi Daniel Hagariy Nasrullohni “Isroilning barcha davrlardagi eng katta dushmanlaridan biri” deb atadi.
"Uning yo‘q qilinishi dunyoni xavfsizroq qiladi", deb ta’kidladi Hagariy.
Isroil armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Gerzi Halevi, o‘z navbatida, SAXAL “Hizbulloh”ga qarshi kurashni davom ettirishini aytdi. U “oldinda og‘ir kunlar” borligini va Isroil harbiylari “barcha frontlarda maksimal jangovar shaylik, mudofaa va hujumkorlik” holatida ekanini qo‘shimcha qilib.
Nasrulloh vafoti munosabati bilan Eronda besh kunlik, Livan va Iroqda esa uch kunlik motam e’lon qilingan, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Isroilning Livanga bergan zarbalarini, shuningdek, G‘azodagi harakatlarini “genotsid” deb atadi. Yamanlik husiylar Isroilga qarshi hujumlarni kuchaytirishlarini aytdi. Ushbu bayonotlardan ko‘p o‘tmay, Isroil armiyasi Livandan o‘qqa tutilgani, shuningdek, Yamandan tutib olingan raketa haqida xabar berdi.
LiveBarchasi