“Hizbulloh” Isroilga “Katyusha” raketalari bilan zarba berdi

Olam

image

Livandagi “Hizbulloh” harakati Yuqori Jaliladagi Isroil harbiy bazasiga Livan janubidan o‘nlab “Katyusha” raketalari bilan hujum qildi. Bu haqda “Hizbulloh”ning tegishli bayonoti e’lon qilindi.

“G‘azo sektoridagi matonatli Falastin xalqini hamda ularning mardona va munosib qarshiligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida juma kuni kechqurun soat 20:00 da o‘nlab “Katyusha” raketalari bilan Zaurdagi dushman artilleriya pozitsiyalariga hujum qilindi", deyiladi xabarda. 

O‘z navbatida, SAXAL Isroil shimolida 40 ga yaqin raketa uchirilishi qayd etilganini ma’lum qildi. Aniqlik kiritilishicha, snaryadlarning bir qismi ushlangan, qolganlari ochiq maydonlarga tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

Ma’lumot uchun, Pentagon Yaqin Sharqqa u yerda joylashgan Amerika qo‘shinlari xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha kuchlar yuborilganini tasdiqladi. Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Suriyadagi Eron elchixonasining konsullik bo‘limiga Isroilning yaqinda uyushtirgan zarbasiga Tehronning javob berishga tayyorligi haqidagi bayonotlari tufayli Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini o‘zgartirgan.

Kecha, 12 aprel kuni “The Wall Street Journal” Eronning javob zarbasi yaqin 24-48 soat ichida amalga oshirilishi mumkinligini yozdi. Nashrning qayd etishicha, yahudiy davlati Eronning shimoldan yoki janubdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilishiga hozirlik ko‘rmoqda. 

Manbaga ko‘ra, Tehron hali yakuniy qarorga kelmagan. “Axios” portali esa Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon germaniyalik mavqedoshi Annalena Berbokka Tehron keskinlikning kuchayishiga olib kelmaslik uchun Isroil zarbasiga cheklangan tarzda javob berishini aytganini yozdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made