“Hizb ut-Tahrir”ning 80 ga yaqin tarafdori fosh qilindi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2020
34640Muqaddam “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotiga a’zolik uchun qamalgan bir qancha fuqarolar ozodlikka chiqqandan keyin ham tashkilotdagi faoliyatini davom ettirayotgan guruh fosh qilindi.
“Yoshlar” telekanali lavhasida ma’lum qilinishicha, aniqlangan kimsalar va ularni ta’siriga tushgan shaxslarning barchasi “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti safidagi jinoiy qilmishlari uchun muqaddam uzoq yillar davomida ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan fuqarolar bo‘lgan.
DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlanishiga, “Hizb ut-Tahrir” tarafdorlari guruhi tiklanishiga Ilhom Abdurahmonov boshchilik qilgan. U tashkilotning Ukrainada yashirinib yurgan a’zosi Mahmud Xoldarov bilan internet tarmoqlari orqali tanishadi.
Ilhom Abdurahmonov Mahmud Xoldarov va uning sherigi O‘tkir ismli shaxslarning ko‘rsatmalari va moddiy ko‘magi bilan jazo muddatini o‘tab ozodlikka chiqqan sheriklarini topish maqsadida Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyati va poytaxtga bir necha marta borib, ularni ziyorat qilib, tashkilot g‘oyalaridan qaytmagan yoki bu yo‘lda ikkilanib turgan o‘z maslakdoshlarini topib ularni yashirin faoliyatni tiklashga ko‘ndirgan.
Uning sa’yi-harakatlari tufayli bir necha hududdan 80 nafarga yaqin shaxs guruhga qo‘shilishga rozi bo‘lgan.
Sud hukmi bilan ushbu guruh a’zolari Bahrom Mirzabekov va Doniyor Ismoilov 8 yil, Ilhom Abdurahmonov 10 yil muddatda ozodlikdan mahrum qilingan.
LiveBarchasi