Hindistonning Ducaan startapi ishchilarini sun’iy intellektga almashtirdi

Texnologiya

image

Hindistonda dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi Ducaan startapi xodimlarining 90 foizini sun’iy intellekt chatbotiga almashtirdi. Bu haqda “The Register” nashri ma’lum qildi. 

Kompaniya asoschisi Sumit Shohning bildirishicha, ushbu yangilanish yaxshi natija beryapti. Xususan, so‘rovlarga birinchi javobni yo‘llash vaqti 1 daqiqa 44 soniyadan nolga, muammoni hal qilish vaqti esa ikki soatdan uch daqiqagacha kamaytirilgan. Shuningdek, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy xarajatlar taxminan 85 foizga kamaygan.

Shoh qo‘llab-quvvatlash guruhining 90 foizini ishdan bo‘shatish “og‘ir”, ammo “zarur” qaror ekanligini bildirgan. 

“Iqtisodiyotning holatini hisobga olgan holda, startaplar foydani “o‘zgacha” bo‘lishga intilishdan ustun qo‘yishmoqda”, deb yozadi direktor ommaviy ishdan bo‘shatish holatini izohlar ekan.

Eslatib o‘tamiz, kinostudiyalar bilan suratga olish jarayonlarida sun’iy intellektdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar sabab kino aktyorlari va ssenariy mualliflari ommaviy ish tashlash e’lon qildi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing