Hindistonlikning Twitter’ga qo‘ygan surati barchani qo‘rqitib yubordi (foto)

Bu qiziq

image

Hindiston o‘rmon xizmati xodimi Syuzanta Nanda kimningdir “oyog‘i”ga o‘xshash g‘alati fotosuratni tvitlash orqali foydalanuvchilarni qo‘rqitib yubordi. Bu haqda “India Today” nashri xabar bermoqda.

"Bu qanday hayvon ekanligini tasavvur qila olasizmi?", deb yozdi so‘radi Nanda.

Foydalanuvchilar turli xil variantlarni o‘rtaga tashlashdi: gorilla yoki ayiq panjasi. Ba’zilar suratni “Taxtlar o‘yini” seriyalidagi g‘ayriinsoniy irq vakillari – “oq piyodalar”ning oyoqlariga o‘xshatdi.

Ushbu surat e’lon qilinganidan bir muncha vaqt o‘tgach, o‘rmonchi fotosuratda aslida nima tasvirlanganini aytib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu ob’ekt umuman oyoq emas, balki "o‘lik odamning barmoqlari" deb nomlangan Xylaria polymorpha qo‘ziqorinidir. Odatda ular chirigan pona va daraxtlarda o‘sadi.


Maqola muallifi

Teglar

qo'ziqorin

Baholaganlar

1004

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar