O‘zbekistonliklarni haqorat qilgan hindistonlik javobgarlikka tortildi

Jamiyat

image

Hindistonda tug‘ilgan shaxs O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida joylashgan "Indorama agro" MCHJ viloyat IIBga murojaat qilib, Telegram messenjiridagi guruhda “Rahul” ismli foydalanuvchi ingliz tilida ishchi xodimlarini haqorat qilganini bildirgan. MCHJ rahbariyati hindistonlik shaxsning ushbu harakati bir qancha ishchilarning e’tirozlarga sabab bo‘lganini aytib, uni aniqlashni hamda unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. 

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Telegram messenjerida xaqoratli so‘zlarni ishlatgan shaxs Xindiston davlatida tug‘ilgan hozirda “Indorama agro" MCHJda ishlovchi xodimi K.R. ekanligi aniqlangan.

Hozirda  K.R. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 140-modda 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1420

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing