Hindistonlik “Rahul” O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortildi

Olam

image

O‘zbekistonda Hindistonda tug‘ilgan shaxs Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) 2-qismi bilan javobgarlikka tortildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Indorama agro" MCHJ viloyat IIBga murojaat qilib, Telegram messenjiridagi guruhda “Rahul” nomli foydalanuvchi ingliz tilida ishchi xodimlarini haqorat qilib, bir qancha ishchilarning e’tirozlarga sabab bo‘lganligini bildirlib, ushbu shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. 

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Telegram messenjerida xaqoratli so‘zlarni ishlatgan shaxs Xindiston davlatida tug‘ilgan hozirda “Indorama agro" MCHJda ishlovchi xodimi K.R. ekanligi aniqlangan.

K.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 140-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

519

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing