Hindistondagi dahşatli YTHda 24 kişi halok böldi (video)
Olam
−
20:02 571 1 daqiqa
Bugun, 13 noyabr kuni Hindistonning Assam ştatidagi Kaziranga milliy boği yaqinida yuz bergan avtobus va yuk maşinasi töqnaşuvi oqibatida kamida 24 kişi halok böldi. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan Kaziranga milliy boği yaqinidagi şosseda sodir bölgan. Töqnaşuvdan söng avtobus yöldan çiqib ketgan. Voqea joyiga jabrlanganlarga yordam berişga uringan guvohlar töplangan. YTH oqibatida kamida 24 kişi hayotdan köz yumgan, yana 11 kişi tan jarohati olgan.
Mahalliy hokimiyat vakillarining ma’lum qilişiça, halok bölganlar orasida bolalar va avtobus haydovçisi ham bor. Ştat vaziri Atul Boraning sözlariga köra, uşbu hodisa Assam tarixidagi eng yirik yöl-transport hodisalaridan biri bölgan. U, şuningdek, politsiya töqnaşuv sabablarini örganayotganini bildirgan. Vazirning qöşimça qilişiça, avariyadan oldin avtobus yuqori tezlikda harakatlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pokistonning şimoliy qismida yölovçi mikroavtobusi toğli hududdagi yöldan çiqib ketib, daryoga qulaşi oqibatida 11 kişi halok bölgani, yana 3 kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi