Hindistonda toshqin: 1,3 ming qishloqni suv bosdi, o‘nlab qurbonlar bor (foto)
Olam
−
22 noyabr 2021
5104Hindiston janubi-sharqida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kamida 41 kishi vafot etdi, 100 dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi. Bu haqda The Times of India xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 noyabr kuni kechqurun boshlangan kuchli yomg‘ir oqibatida 1316 ta qishloqni suv bosgan. Suv toshqinlari tufayli Tirupati shahri tashqi dunyodan uzilib qolgan.
Xabarga ko‘ra, rasmiylar jabrlangan hududlarda qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Andxra-Pradesh shtati hukumati halok bo‘lganlarning oilalariga 500 ming rupiy (taxminan 6,7 ming dollar) to‘lashini ma’lum qilgan.
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, 1 oktyabrdan hozirgi kungacha shtatda 518 mm dan ortiq yog‘ingarchilik tushgan, bu ushbu davrdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 68 foizga ko‘pdir.
LiveBarchasi