Hindistonda “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisining barcha zavodlari yopildi
Olam
−
30 dekabr 2022
13735Hindistonda “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqargan zavod ustidan olib borilgan tekshiruvning dastlabki natijalari e’lon qilindi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
Hindistonda Dori vositalari standartlarini nazorat qilish markaziy tashkiloti xodimlari, shuningdek, Uttar-Pradesh dori vositalari aylanmasini nazorat qiluvchi boshqarma mutaxassislari Noida shahrida joylashgan “Marion Biotech” zavodini tekshirishni yakunladi.
Telekanalga ko‘ra, tekshiruv 30 dekabrga o‘tar kechasi nihoyasiga yetgan. Uning natijasida rasmiylar farmatsevtika kompaniyasi zavodida dori vositalari ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatishni talab qilgan.
Zavod mahsulotning sifat standartlariga muvofiq uzluksiz ishlab chiqarilishi va nazorat qilinishini ta’minlash nuqtai nazaridan ishlab chiqarish amaliyoti talablaridan chetga chiqqani qayd etilgan.
Hindiston Sog‘liqni saqlash vaziri Mansux Mandavia tekshiruv yakunlanganini tasdiqladi.
“Dok 1 Maks” siropining tarkibi buzilgani haqidagi xabarlar tufayli o‘tkazilgan inspektorlar tekshiruvi yakunlandi va “Marion Biotech” kompaniyasining Noida shahridagi barcha ishlab chiqarish faoliyati kecha tunda to‘xtatildi. Tergov davom etmoqda”, deydi u.
LiveBarchasi