Hindistonda kuchli yomg‘ir tufayli 24 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatidagi Darjiling shahrida kuchli yomg‘ir ko‘chkilarni keltirib chiqarishi va asosiy yo‘llarni  vayron qilishi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Bu haqda “The Hindu” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 4 va 5 oktyabr kunlari Hindistonning Darjiling shahri  va G‘arbiy Bengaliya shtatining boshqa shimoliy qismlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida kamida 24 kishi, jumladan, bolalar va ayollar haloq bo‘lgan. Rasmiylarning aytishicha, tabiiy ofat oqibatida bir necha kishi bedarak yo‘qolgan va minglab sayyohlar cho‘qqilarda qolib ketgan.

Mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi aholi va sayyohlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirib, qurbonlarning vafotidan  qattiq qayg‘uda ekanligini bildirgan.

“Men vaziyatni o‘rganyapman va tegishli organlar bilan bog‘lanyapman. Biz jabrlanganlarga har tomonlama yordam berishga tayyormiz. Favqulodda vaziyatlar xodimlari qutqaruv operatsiyasini davom ettirmoqda”, deydi Bosh vazir.

Ob-havo idorasi mintaqada yog‘ingarchilik 7 oktyabrgacha davom etishi mumkinligini ma’lum qilgan. Rasmiylar to‘xtovsiz yog‘ingarchiliklar Shimoliy Bengaliyada suv toshqinlariga olib kelishi mumkinligi haqida ham ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq dunyodagi eng baland nuqta bo‘lmish Everest tog‘ining uzoq Tibet yon-bag‘rlarida qor bo‘roni 1000 ga yaqin odamni "qamab qo‘ygandi". 

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hindiston yomg'ir Narendra Modi Bengaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing