Hindistonda devor qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
29 iyun 2019
3321Hindistonning Puna shahrida qurilish shaharchasida 23 metr balandlikdagi devor qulab tushgan. Natijada 16 kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan hududda qutqaruv va yong‘in xizmati xodimlari faoliyat olib bormoqda.
Ishchilar yotib turadigan vaqtinchalik boshpanalar atrofidagi ko‘p qavatli uylarning atrofini o‘ragan devor qurilish davom etayotgan vaqtda qulagan. Devor qulashiga kuzatilayotgan kuchli musson yomg‘irlari sabab bo‘lgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qulab tushgan devor ostida yana bir qancha ishchilar qolib ketganligi taxmin qilinmoqda.
LiveBarchasi