Hindistonda anomal harorat sabab 92 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
19 iyun 2019
5649Hindiston sharqidagi Bixar shtatida kuzatilgan anomal harorat tufayli 92 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.
Shtat rasmiylari dastlab 40 kishining halok bo‘lgani haqida xabar tarqatgan. 19 iyun kuni tarqatilgan xabarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 92 kishiga yetgan. Mahalliy aholi vakillarining ko‘pchiligi shifoxonalar va tez tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Hindiston hukumati aholini havo harorati ko‘tarilishi haqida ogohlantirgan bo‘lsa-da, halok bo‘lganlar soni oshib bormoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 22 iyunga qadar shtatdagi maktablar va boshqa ta’lim muassasalari yopib qo‘yildi.
Mahalliy aholiga uylaridan chiqmaslik va ko‘proq suv iste’mol qilish tavsiya qilingan.
LiveBarchasi