Hindistonda havo sifati o‘ta xavfli darajaga tushib ketdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrida havo ifloslanishi o‘ta xavfli darajadan oshib ketdi. Hind olimlari bu kabi ifloslangan havo shahar aholisining umrini o‘rtacha 6 yilga qisqartirishini ta’kidlagan. Bu haqda TACC xabar bermoqda.

Mamlakat meteorologiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtda havo sifati indeksi (AQI) 500 dan oshgan. Havo sifati joriy yilning 7 noyabrigacha yaxshilanmaydi.

Hukumat aholini uydan chiqmaslikka chaqirmoqda. Shaharni qalin smog qoplagan, maktablar yopilgan, 30 dan ortiq parvozlar boshqa shaharlarga yo‘naltirilgan, qurilish ishlari to‘xtatilgan.

Havo ifloslanishiga asosiy sabab Nyu-Dehli atrofidagi somon maydonlarining yig‘im-terimdan keyin ommaviy yonishi deb aytilmoqda. 

Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiysi havoning ifloslanish darajasini o‘lchovchi asboblar maksimum raqamni ko‘rsatayotgani, bu orqali haqiqiy holatni bilib bo‘lmayotganini ma’lum qildi.

Dushanbadan boshlab poytaxtda avtomobil harakatini cheklash tartibi o‘rnatilgan. Maktablar seshanba kunigacha yopiq qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 5 barobar oshdi. 

Shamol avj olgan mahalda AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing