Hindiston shakar eksportiga cheklovlar joriy qildi

Olam

image

Hindiston ichki bozorda shakar ta’minotini oshirish va narx oshishining oldini olish maqasadida ushbu mahsulot eksportiga cheklovlar joriy qilmoqda. Bu haqda “The Economic Times” nashri xabar berdi.

Hukumat shakar yetkazib beruvchilardan 1 iyundan 31 oktyabrgacha bo‘lgan muddatda xorijda shakar sotish uchun ruxsat olishlarini talab qilmoqda. Bu Tashqi savdo bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, xom, tozalangan va oq shakar eksportiga taalluqlidir. Ammo, mazkur cheklovlar AQSH va Yevropa Ittifoqiga ilgari belgilangan kvotalar doirasida shakar yetkazib berishga taalluqli emas.

Ma’lumot o‘rnida, Hindiston olti yil ichida birinchi marta shakar eksportiga cheklovlar kiritmoqda.

Hindiston bu mahsulotning dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchisi va eksport bo‘yicha Braziliyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun, Hindistonning harakatlari butun dunyo bo‘ylab shakar narxiga ta’sir qiladi, deydi ekspertlar.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing