Hindiston yadroviy kallak olib yurishga qodir raketani sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
16 dekabr 2022
3149Kecha, 15 dekabr kuni Hindiston turli o‘q-dorilarni, jumladan yadroviy kallakni olib yurishga qodir Agni V ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Hindiston Mudofaa vazirligidagi manbalarga tayanib, “India Today” nashri xabar berdi.
“Hindiston kecha, 15 dekabr kuni yadroviy quvvatga ega Agani V ballistik raketasining tungi sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu raketada yangi texnologiyalar va uskunalarni sinovdan o‘tkazish uchun amalga oshirildi. Endi raketa avvalgidan yengilroq”, deydi nashrning raketa sinovlaridan xabardor manbasi.
Qayd etilishicha, raketa sinov davomida uchish masofasini oshira olgan. Hindiston hozirda 700 kilometrni bosib o‘tadigan Agni I ballistik raketasi, 2000 kilometrga uchadigan Agni II va 2,5 mingdan 3,5 ming kilometrgacha uchuvchi Agni III va Agni IV raketalariga ega.
Agni V raketasi esa besh ming kilometrdan ortiq masofaga ucha oladi. Hozirda o‘n ming kilometrgacha masofani bosib o‘tishga va suv osti kemasidan uchishga qodir Agni VI raketasi ishlab chiqilmoqda.
LiveBarchasi