Hind kino yulduzi Amitabx Bachchan koronavirusga chalindi
Olam
−
12 iyul 2020 17932 1 daqiqa
Taniqli hind aktyori Amitabx Bachchan koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. U hozir shifoxonaga yotqizilgan.
“COVID-19 ga topshirgan testim musbat natija berdi. Shifoxonaga o‘tkazildim. Oilam va personal test topshirdi, natijalarni kutyapmiz. So‘nggi 10 kunda men bilan bevosita aloqada bo‘lgan barchadan test topshirishini so‘rayman”, degan 77 yoshli aktyor o‘zining Twitter`dagi sahifasida.
Keyinroq uning o‘g‘li aktyor va prodyuser Abxishek Bachchan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida koronavirusga chalinganini ma’lum qildi.
Amitabx Bachchan hind kino tarixidagi eng ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan aktyor hisoblanadi. U 15 marta Filmfare Awards mukofoti sovrindori bo‘lgan.
U o‘zbek kinoihlosmandlariga “Qasos va qonun”, “Amar, Akbar, Antoni”, “Buyuk Getsbi”, “Bog‘bon” va boshqa filmlari bilan yaxshi tanish.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025