Hikmat Abdurahmonov lavozimini tark etadi
Jamiyat
−
29 iyul 2019
6918Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi lavozimidan ketishini e’lon qildi. Shu bilan birga, tadbirkor Jamoatchilik kengashi tarkibida qoladi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Mana bir yil ham o‘tdi. Jamoatchilik kengashi raisi sifatidagi bir yillik faoliyatim yakunlanganini ma’lum qilmoqchiman. Men jamoatchilik kengashi a’zosi sifatida qolaman. Ushbu davr hayotimdagi muhim jabha hisoblanib, vazifamni qobiliyat hamda imkoniyatlarim darajasida halol va sidqidildan bajarishga harakat qildim. Kengashimiz faoliyatiga befarq bo‘lmagan, fikr-mulohazalarini bildirgan, faol ishtirok etgan, xolisona tanqid qilgan yoki ishimizdan qoniqmagan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, bularning hammasi shunday yoki aksincha bo‘lgan holatda ham o‘z ustimizda ishlashga hamda taslim bo‘lmaslikka yordam berdi. Fikrimcha, JK rahbari boshchiligidagi yangi tashkilotga yangi kuch oqimi, yangi fikrlar juda zarur. Men esa kelayotgan yillarda ta’lim soxasida uz xamfikrlarim bilan yangi loyixaga bel boglashni karor kildim, bu tashabbusimiz fikrimizcha jamiyatga kelajakda o‘z foydasini keltiradi.
Jamoatchilik kengashi faoliyati samaradorligini oshirishda jamoatchilik, davlat organlari to‘g‘ri xulosa chiqarishlari uchun yordam beradigan faoliyatning asosiy jihatlari xususida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman:
Turli sabablarga ko‘ra hamma narsani amalga oshirish imkoni bo‘lmadi. Shunga qaramay, jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatini davom ettirishi shart deb hisoblaymiz. Bu fuqarolik jamiyati rivojlanishi uchun, shahar aholisi va hukumat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash uchun juda zarur. 15 oy mobaynida tashkiliy masalalarni, institutsional shakllantirilishga ancha vaqt va kuch sarflandi, qilinayotgan ishlar bilan jamoatchilikni xabardor qilishga, qayta aloqa o‘rnatishga, shahardagi eng muhim hodisalarni tahlil qilishga va shu asosida o‘zimizning tavsiyanomalarni ishlab chiqishga harakat qildik. Faol fuqarolar bilan birga nizom va bir qator asosiy hujjatlar (tashkiliy tuzilma, axloq kodeksi, a’zolar, ekspert guruh va boshqalar bilan faoliyat olib borishning axloq kodeksi, reglamenti) ishlab chiqdik. Shahar tarixida ilk bora poytaxt hokimiyati qoshida JK ko‘rinishida jamoatchilik muloqot maydonini yuzaga keltirdik. Unga taxminan 100 nafar odamning a’zo va ekspert bo‘lishi shaharliklar tomonidan bildirilgan katta qiziqishni bildiradi. Bu davrda hokim va uning o‘rinbosarlari, munitsipal xizmat xodimlari va turli rahbarlar bilan o‘ndan ortiq uchrashuv va muhokamalar o‘tkazildi. Dolzarb masala va muammolar asosida amalga oshiriladigan ishlarning yillik rejasi ishlab chiqilib, JKning maqsad va vazifalari belgilandi”, deydi tadbikor Abdurahmonov.
Eslatib o‘tamiz, Jamoatchilik kengashi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tashabbusi bilan tashkid etilgandi.
LiveBarchasi