Hechdan ko‘ra kech. AQSHda qariya ulkan bolalar mashinasini yasadi (video)

Bu qiziq

image

Pensilvaniya shtatida yashovchi Den Grigorkoff o‘zining bolalikdagi orzusini amalga oshirib, eski Chevy Aveo mashinasi va mototsiklining qismlaridan odatiy avtomobil kattaligidagi bolalar mashinasini yasadi. Bu haqda “Carsweek” nashri xabar berdi. 

Grigorkoffning ushbu mashinasi Pensilvaniya shtatidagi "Knoebels" nomli ko‘ngilochar bog‘ida joylashgan 1953 yil namunasidagi bamperli avtomobilga asoslangan. Uning uzunligi 4 metr, kengligi 2,13 metr va balandligi 1,3 metrni tashkil etadi. Bu avtomobil havaskor muhandis andoza olgan asl bolalar mashinasidan ikki barobar katta. 

Usta bolalar mashinasini harakatga keltirish uchun kapot ostiga haqiqiy Chevrolet Aveo dvigatelini o‘rnatgan. Shuningdek, u mashinaga mototsiklning 3 ta g‘ildiraklarini o‘rnatgan. Bu mashinaga keskin burilish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu avtomobil mamlakatdagi me’yoriy talablarga ham mos keladi. 

Ma’lumot uchun, bu Grigorkoffning birinchi o‘zgartirilgan mashinasi emas. Avvalroq u 50-yillardagi Murray Sad Face pedalli avtomobilining kattaroq versiyasini yasagandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnodar shahrida yashovchi hunarmand mashinani teskari qilib haydashga moslashtirgandi va boshiga tarvuz po‘chog‘ini kiyib, ko‘chalarni kezib chiqqandi. Ammo oqibatda u yo‘l harakati politsiyasi  tomonidan 3 ming 800 rubl (qariyb 38 AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pensil'vaniya qariya bolalar mashinasi Chevy Aveo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing