O‘zbekiston karantinga yopiladimi? Mirziyoyev izoh berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda hududlardagi koronavirusga qarshi kurash shtablarining faoliyati kuchaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasini isloh qilishga qaratilgan videoselektorda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda yig‘ilishda qatnashayotgan QALAMPIR.UZ Bosh muharriri.

“Hech qayerni yopmaymiz, ammo ogohlantirish kerak. 300 kishilik to‘ylar o‘tkazish boshlab yuborildi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bosh vazir Abdulla Aripov viloyat hokimlari bilan birga, uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy shtablar faoliyatini kuchaytirishi ta’kidlandi.

“Joriy yil boshida kuniga o‘rtacha 30-40 nafar bemor aniqlangan bo‘lsa, mart oyi o‘rtalaridan bu ko‘rsatkich – 160-180 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikning o‘ta og‘ir kechishi, hattoki o‘lim holatlari ham qayd etilmoqda. Buning sababi – ko‘pchilik fuqarolar xotirjamlikka berilib, tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin talablariga befarq bo‘lib qoldi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bunda tun-u kun ishlaydigan “Call-markaz”lar va mobil brigadalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish kerakligi qo‘shimcha qilindi.

Bundan tashqari, Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyevga bir hafta muddatda dori-darmon va himoya vositalarining kamida 3 oylik zaxirasini shakllantirish ko‘rsatmasi berildi.

Prezident Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni alohida ogohlantirdi. U poytaxtda nazoratni kuchaytirishi kerakligini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2823

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing