Hajga yuboraman deb odamlarni 15 ming dollarga chuv tushirgan shaxsga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Haj ziyoratiga yuboraman deb odamlarni 15 ming AQSH dollariga chuv tushirgan shaxsga hukm o‘qildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sudlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buvaydada A.J. onasini Hajga yubormoqchi bo‘lib yurgan ayolga 7.000 AQSH dollari evaziga orzusi ushalishini va’da bergan. Uning onasini “Sheyx-777” turistik firmasi orqali ziyoratga yuborishini aytib, undan bo‘nak sifatida 4.000 AQSH dollari olgan.

"Uddaburon" shaxs, bundan tashqari, U.E.ga ham ota-onasini 14.000 AQSH dollari evaziga o‘sha turistik firma orqali Hajga yuborishini aytib, 8.200 AQSH dollari,  O.A.dan 1.000 AQSH dollari, X.U.dan 1.500 AQSH dollari olgan.

Nihoyat 2023 yilning 29 may kuni A.J.ning "sarguzashtlari"ga nuqta qo‘yildi. U huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Sud A.J.ni Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik – ko‘p miqdorda, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bilan aybli deb topib, tegishli jazo tayinladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing