Haj ziyorati chog‘ida 500 dan ortiq odam vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning 14-19 iyun kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan “Haj-2024” ibodati vaqtida jazirama tufayli 500 dan ortiq ziyoratchi vafot etdi. Bu haqda arab diplomatlariga tayanib “Reuters" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning 323 nafari Misr fuqarolari, 60 nafardan ziyod ziyoratchi iordaniyalik bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, ularning barchasi kichik tiqilinch paytida issiqlik bilan bog‘liq sabablardan vafot etgan.

“Ro‘yxatga olinmagan ziyoratchilar Misr ziyorat lagerlarida katta tartibsizliklarni keltirib chiqardi”, deydi Misrdagi Haj missiyasini nazorat qiluvchi rasmiy. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, odamlar uzoq vaqt davomida oziq-ovqat, suv va konditsionersiz qolgan.

Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 16 iyun kuni 2764 ziyoratchi issiq urishidan aziyat chekkan.

Ma’lumot uchun, AccuWeather ob-havo monitoringi sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 17 iyun kuni Makkada havo harorati 45 darajaga yetib, shu kunda Saudiya Arabistonidagi eng katta masjidda +52 qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Haj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing