“Haj” va “Umra”ga yuborish bilan noqonuniy shug‘ullanganlar ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonning 3 ta viloyatida fuqarolarni noqonuniy tarzda Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborishga uringanlar ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan shahrida yashovchi 58 yoshli O.S. mahalliy fuqaro hamda uning onasini turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi MCHJ orqali 2025 yilgi “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga farz amallarini bajarish uchun yuborish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir holatda esa Guliston shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi ta’sischisi G‘.A. tegishli litsenziyasiz Sirdaryo tumanida yashovchi fuqaro va uning 4 nafar qarindoshini “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 6000 AQSH dollari talab qilib, oldindan 400 AQSH dollari va 1,3 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi sayyohlik firmasi ishchisi D.R. hech qanday vakolati bo‘lmasada, mahalliy fuqaroni “Umra” amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 1100 AQSH dollari va 200 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan. Bundan tashqari, Denov shahridagi sayyohlik firmasi rahbari Sh.Q. 49 yoshli fuqaroni “Umra” safariga yuborishni va’da qilib, evaziga 1000 AQSH dollari va 1 mln 280 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan bo‘lsa, Denov tumanida yashovchi, 34 yoshli X.N. o‘zganing ishonchiga kirib, unga o‘zi ishlayotgan sayyohlik yo‘nalishidagi MCHJ orqali “Umra”ga borishlik uchun imtiyozli yo‘llanmasi borligini aytgan va uni Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborish evaziga 1200 AQSH dollari va 650 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan maxsus tadbirlarda noqonuniy tarzda “Umra” tadbirlarini tashkil etib kelgan turfirmalarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Haj” “Umra”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar