Haj safari qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ziyoratchilarni Haj safariga yuborish 18 iyundan boshlanadi. 30 iyunga qadar davom etadi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot kotibi Ilhom Ma’rupov ma’lum qildi.

O‘zbekiston ziyoratchilari shu yil 18 iyun kuni Saudiya Arabistoniga parvoz qiladi. Safarga jo‘nash aviaqatnovlari shu yil 30 iyunga qadar davom etadi. 

Ziyoratchilar O‘zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlaridan Saudiyaga yuboriladi. Barcha reyslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Madina shahriga amalga oshiriladi. 

Ma’lumot uchun, joriy yil 14-31 iyul kunlari esa o‘zbekistonlik ziyoratchilar ortga  qaytariladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekistonda bir nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilandi. O‘zbekistonga Haj ziyorati uchun 10 865 kvota ajratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Haj-2022

Baholaganlar

312

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar