“Haj – 2024” mavsumi qachondan boshlanishi ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Haj mavsumi 2024 yil 23 maydan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Respublikamizdan Saudiya Arabistoni Podshohligiga shu yil 7 iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Xususan, Respublikaning 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg‘ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar Haj safariga yuboriladi.

Barcha parvozlar "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika jamoatchilik kengashi joriy mavsumga tayyorgarlik ishlarini turli yo‘nalishlarda jadal davom ettirmoqda. Ushbu mavsumga puxta tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida, dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, ayni kunlarda barcha tashkiliy ishlarni bajarmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Saudiya Arabistoni Haj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing