“Haj-2022”: Saudiya ziyoratchilardan nimalarni talab qilyapti?

Jamiyat

image

Saudiya Arabistoni hukumati joriy yilda Haj ibodatini ado etish uchun xorijiy va mahalliy fuqarolarga qo‘yiladigan talablar e’lon qilindi. Bugun, 3 iyun kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot kotibi Ilhom Ma’rupov shu haqda ma’lumot berdi.

Saudiya hukumati tomonidan bu yilgi haj ibodatini ado etish uchun xorijiy va mahalliy fuqarolarga qo‘yilgan talabalar:

Birinchidan, Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi tomonidan qo‘yilgan qat’iy karantin talabiga ko‘ra, “Haj-2022” mavsumida ishtirok etish yosh chegarasi 65 yoshgacha etib belgilandi. Ushbu yosh chegarasiga 1957 yil 30 iyun kunigacha tug‘ilgan insonlar kiradi. Kezi kelganda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, yosh chegarasi bilan bog‘liq mazkur tartib – O‘zbekiston tomonining emas, balki Saudiya Arabistonining qat’iy talabi hisoblanadi.

Ikkinchidan, bo‘lajak hojilar Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi talabiga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan Pfizer/BioNTech (AQSH-Xitoy), Oxford-AstraZeneca (Buyuk Britaniya-Shvetsiya), Moderna (AQSH) va Johnson & Johnson (AQSH) vaksinalarining to‘liq dozasini qabul qilgan bo‘lishlari shart;

Uchinchidan, barcha ziyoratchilar Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi talabiga ko‘ra, meningitga qarshi 4 valentli vaksinani qabul qilgan bo‘lishi zarur;

To‘rtinchidan, barcha fuqarolar Saudiya Arabistoniga kirishdan 72 soat oldin koronavirus diagnostikasi haqida salbiy natijali PZR ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekistonda bir nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilandi. O‘zbekistonga Haj ziyorati uchun 10 865 kvota ajratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing