Hayvonot bog‘ida sher odamni tishlab oldi (video)

Olam

image

Hindiston hayvonot bog‘idagi sher odamning qo‘lini tishlab oldi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bir guruh erkaklar qafasdagi sherlarni tomosha qilayotgan bo‘lgan. Ulardan biri yirtqichni erkalamoqchi bo‘lib, orqasidan silagan. Arslon qarshilik ko‘rsatmagan, shuning uchun boshqa bir kishi ikkinchi yirtqichning boshiga tegmoqchi bo‘lgan. To‘satdan sher uning qo‘lidan tishlab olgan.

Voqea videoga olingan. Kadrlarda hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchining og‘riqdan qichqirgani va qo‘lini sherning og‘zidan tortib olgani aks etgan. Yirtqich xirillashni boshlagan va erkaklar qo‘rqib, o‘ralgan joydan uzoqlashgan.

Internet foydalanuvchilari hayvonni bezovta qilgani uchun odamni qoralagan. Ularning fikricha, bu yovvoyi hayvonlarga yaqinlashish qanchalik xavfli ekanligini eslatib turadi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

486

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing