Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Vobkent tumanida fuqaro U.V. fuqaro J.Q.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida uni haydovchilik guvohnomasi olishi uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, G‘ijduvon tumanida tanishining o‘g‘lini 1500 AQSH dollari evaziga Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs hamda Pastdarg‘om tumanida Qozog‘iston Respublikasidagi universitetlardan biriga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Buxoro haydovchilik guvohnomasi departament

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing