Haydovchilarning mastligini aniqlash tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Jamiyat
−
29 yanvar 2022
16977O‘zbekistonda haydovchilarning mastligini aniqlag tartib-qoidalariga o‘zgartirish kiritilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligining “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qo‘shma qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loihaga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilgan hollarda transport vositasi haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv DYHXX xodimlarining ishtirokisiz pulli asosda o‘tkaziladi.
Tibbiy tekshiruv uchun transport vositasi haydovchilari tomonidan to‘lanadigan pul miqdori Sog‘liqni saqlash organlari tomonidan tasdiqlangan preyskurant asosida o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruv uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti, ID karta, haydovchilik guvohnomasi, harbiy bileti va b.) yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma asosida amalga oshiriladi.
Tibbiy tekshiruv natijalari bo‘yicha mazkur Nizomning 1–ilovasiga muvofiq ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning bir nusxasi yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisini tibbiy tekshiruvga olib kelgan DYHXX xodimiga, DYHXX xodimlarining ishtirokisiz yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilgan hollarda esa tekshiruvdan o‘tkazilgan shaxsning o‘ziga topshiriladi. Bayonnomaning ikkinchi nushasi tibbiyot muassasasida qoladi. Bayonnomada tekshiruv sanasi va tartib raqami alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tgan shaxslar hisobini yuritish daftarining tartib raqamiga muvofiq holda ko‘rsatiladi.
Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi xulosa tekshiruvdan o‘tkazilgan shaxsga uni olib kelgan DYHXX xodimi oldida, DYHXX xodimlarining ishtirokisiz yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollarda esa DYHXX xodimi ishtirokisiz tanishtiriladi.
DYHXX xodimlarining ishtirokisiz yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilgan hollarda tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra transport vositasi haydovchisida mastlik holati aniqlangan taqdirda, tekshiruvni amalga oshirgan tibbiyot xodimi tomonidan bu haqida zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar beriladi.
LiveBarchasi