Haydovchilar diqqatiga! Poytaxtda yana bir qoidabuzarlik avtomatik qayd etilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 3.27 yo‘l belgisi (“To‘xtash taqiqlangan”)  talablarini buzish avtomatik ravishda qayd etiladigan huquqbuzarliklar toifasiga kiritildi. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, AutoCon-SC/M dasturiy ta’minot kompleksining modernizatsiya qilinishi natijasida kecha, 25 martdan e’tiboran “To‘xtash taqiqlangan” talabiga rioya qilmagan haydovchilarni avtomatik qayd etish tizimi ishga tushgan.

Mazkur qoidabuzarlikni AutoCon-SC/M kompleksi o‘rnatilgan maxsus avtomobil qayd etadi. Bunda maxsus avtomobil shahar bo‘ylab harakatlanib, 58 davlatga tegishli avtomashinalar davlat raqamini avtomatik tartibda qayd etib boradi. 3.27 yo‘l belgisi talablariga rioya qilmagan avtomashinalar haqidagi ma’lumotlar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi kompyuter tizimiga onlayn rejimda kelib tushadi.

Eslatib o‘tamiz, 3.27 yo‘l belgisi talablariga bo‘ysunmaslik eng kam ish haqining uch baravari – 608 190 so‘m jarima solinishiga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing