Haydovchilar diqqatiga! 1 martgacha benzindan aksiz solig‘i olib tashlanyapti

Jamiyat

image

Joriy yilning 10 dekabridan 2023 yil 1 martiga qadar sotiladigan Ai-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘i olib tashlanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan va bugun e’lon qilinishi kutilayotgan qarorda o‘z aksini topgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari  bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining  oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan. 
 
Unga ko‘ra, kuz-qish mavsumida iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirish maqsadida:

Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Natijada AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotining chakana narxi amaldagi narxlarga nisbatan o‘rtacha 8,7 foizga kamayishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, aksiz solig‘ining vaqtincha qo‘llanilmasligi natijasida aholi va tadbirkorlar ixtiyorida 213,7 mlrd so‘m mablag‘ qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bugun soat 00:000 dan boshlab "O‘zbekneftgaz"ga qarashli barcha Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi bir litri uchun 5700 so‘mdan sotilishni boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing