Haydovchilar diqqatiga: 1 dekabrdan yangi tartib kuchga kiradi
Bu qiziq
−
24 noyabr 2022
31184O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil aprelda imzolagan "Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq 1 dekabrdan qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari hisoblash tartibi kuchga kiradi.
Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi:
• har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
• hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
• muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15