Haydovchi piyodani urib, qochib ketdi. Piyoda vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida haydovchi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi va  jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Natijada piyoda shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Voqea joriy yilning 23 avgust kuni soat 21:50 da Mirobod tumanidagi Yangi Qo‘yliq ko‘chasida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs Spark rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘lni piyodalar yo‘lakchasi orqali kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan va voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. 

Avtomashina zarbasidan shikastlangan 59 yoshli Vladimir F. tibbiyot muassasasiga yetkazilgach, shifoxonada vafot etgan. Aniqlanishicha, tergov oldi tekshiruvlari davomida hodisadan so‘ng haydovchi Sergeli tumaniga yo‘l olgan, va 26 avgust kuni avtomobil Sergeli tumanidan topilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil ishonchnoma asosida 24 yoshli Elyor X.ning tasarrufida bo‘lgan. Ammo, YTH sodir bo‘lgan vaqtda mashinani 24 yoshli Xasan X. boshqargan. Avtomobilda yo‘lovchi sifatida 24 yoshli Xusan X. va Elyor X.ning o‘zi ham bo‘lgan. Mazkur fakt asosida Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing