Havoni tozalovchi noodatiy quloqchinlar ishlab chiqarildi

Texnologiya

image

Yaqinda o‘zining changyutgichlari va soch quritgichlari bilan mashhur bo‘lgan  “Dyson Zone”  kompaniyasi noodatiy quloqchinlarini taqdim etdi. Bu haqda  “Xda- developers”  nashri xabar berdi.

Quloqchin 40 millimetrli 11 ta mikrofon va dinamiklar bilan jihozlangan simsiz versiyada ishlab chiqarilgan. Shuningdek, u tashqi faol shovqinni qaytara olishi mumkin. Batareyasining quvvat muddati 50 soatgacha yetishi aytilmoqda.

Bundan tashqari, quloqchin ifloslangan havo muammosini hal qiladi. Ular filtrlar tufayli havoni tozalaydi. Toza havo oqimlarini foydalanuvchining burni va og‘ziga yo‘naltiradi.

Ishlab chiqaruvchi kompaniya quloqchinning filtrlari 0,1 mikrongacha bo‘lgan kichik zarrachalarning 99 foizini ushlab turishini va’da qilmoqda.

Ma’lumot uchun, kelgusi yilning mart oyidan AQSHda ushbu qurilmaga oldindan buyurtma berish boshlanadi. Quloqchinlarning narxi 949 AQSH dollarni tashkil qiladi. AQSHda sotuvga chiqarilishidan oldin Dyson Zone quloqchinlari Xitoyda 2023 yilning yanvarida xuddi shu narxda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Xususan, mahsulotning Buyuk Britaniya, Cingapur va Gonkong bozorlarida ham sotilishi maqsad qilingan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing