Telegram
Birinchi biling!
Bu qiziq
−
29 aprel 2022
36132Joriy yilning 3-4 may kunlari O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3-4 mayda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
3-4 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi;
4 mayda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi;
3-4 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati +22...+25 darajagacha pasayadi.
LiveBarchasi