Hatto, Facebook ortda qoldi. Eng ko‘p yuklangan “virus” dastur nomi aniq bo‘ldi
Texnologiya
−
10 avgust 2021
14951TikTok 2020 yilda yuklab olishlar soni bo‘yicha Facebook’ni ortda qoldirdi va dunyoda yetakchiga aylandi. Bu haqda RBC raqamli tahlilchi “App Annie” ma’lumotlariga tayanib, yozmoqda.
Qayd etish kerakki, Xitoyning qisqa videolavhalar uchun mo‘ljallangan dasturi Facebook kompaniyasiga tegishli bo‘lmagan va TOP-5 talikdan o‘rin olgan yagona platforma bo‘ldi: qolgan to‘rt dasturning barchasi Sukerbergga tegishli.
Ma’lumot o‘rnida, atigi bir yil oldin, ya’ni 2019 yilda Facebook Messenger dasturi 1-o‘rinda, TikTok esa 4-o‘rinda bo‘lgan. Hozir esa buning aksi.
Birinchi o‘rin boy berilganiga qaramay, Sukerbergning dasturlari: Facebook, Facebook Messenger, Instagram va WhatsApp TOP-5 talikdagi o‘rinlarni egalladi.
Ta’kidlash kerakki, hatto, 2020 yil 7 avgustda Prezident Donald Tramp tomonidan imzolangan “AQSHda TikTok’ni taqiqlash to‘g‘risida”gi farmon ham ushbu dasturga Amerikaning texno-gigantlaridan ustun kelishga xalaqit bermadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 iyun kuni o‘sha farmonni AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden bekor qildi.
TikTok 2018 yilning yozida ishga tushirilgan. Ushbu dastur qisqa videolarni yaratish va ko‘rishga mo‘ljallangan Pekindagi “ByteDance” kompaniyasiga tegishli. Ilovani shu vaqtga qadar 150 mamlakatdan 1 milliarddan ortiq foydalanuvchi yuklab olgan.
Eng ko‘p yuklangan dasturlar ketma-ketligi quyidagicha:
1. TikTok (Xitoy)
2. Facebook (AQSH)
3. WhatsApp (AQSH)
4. Instagram (AQSH)
5. Facebook Messenger (AQSH)
6. Snapchat (AQSH)
7. Telegram (Rossiya)
8. Likee (Xitoy)
9. Pinterest (AQSH)
10. Twitter (AQSH)
LiveBarchasi