Hashamatsiz dasturxon: Erdo‘g‘an Turkiyada ishchilar bilan iftorlik qildi
Olam
−
03 may 2021
11686Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 1 may – Mehnat va birdamlik kuni munosabati bilan Turkiyadagi oddiy ishchilar bilan iftorlik qildi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident Erdo‘g‘an o‘zi ishlayotgan ofisdan chiqib, Tuzlada faoliyat yuritadigan zavodga tashrif buyurgan.
Prezident bu yerda zavod ishchilari bilan uchrashib, ular bilan birga iftorlik qilgan.
Suratlardan Prezident o‘ziga o‘zi xizmat qilgani, uning yoniga hech qanday hashamatli dasturxon yozilmaganini ko‘rish mumkin.
Ro‘zasini ishchilar bilan ochgan Erdo‘g‘anga Turkiya Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Vedat Bilgin va Sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank hamrohlik qilgan.
LiveBarchasi