Harrisning kampaniyasi 24 soatda rekord darajada mablag‘ yig‘di

Olam

image

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris saylovoldi kampaniyasining dastlabki 24 soatida 81 million dollar yig‘di. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu birinchi 24 soat ichida tarixdagi eng katta natijadir.

Kampaniya e’lon qilinganidan keyingi dastlabki besh soat ichida ActBluye kichik donorlari uchun platformada 27,5 million dollar yig‘ilgan, bir necha soatdan keyin esa 55 million dollar to‘plangan.

O‘shanda bu 2024 yilda bir kunlik to‘plamlarning rekord miqdori edi.

Ma’lumot uchun, bir kun ichida mablag‘ yig‘ish bo‘yicha avvalgi rekord 2020 yilda o‘rnatilgan edi. O‘shanda AQSH Oliy sudining eng keksa a’zosi Rut Beyder Ginsburg vafotidan keyin 70,6 million dollar yig‘ilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden 21 iyul kuni prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qilgan va vitse-prezident Kamola Harrisni Demokratik nomzodlikka ko‘rsatgandi. Prezidentning bayonotida u vakolat muddati tugagunga qadar xizmatda davom etish niyatida ekani ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kamola Harris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing