Harorat pasayishi ortidan Toshkentda havo sifati yomonlashdi

Jamiyat

image

Havo harorati sovushi ortidan Toshkent shahri va viloyatida havo sifati yomonlashdi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 28 fevraldan boshlab O‘zbekiston hududiga nisbatan sovuq havo oqimi kirib kelishni boshlagan. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida shamol deyarli kuzatilmayapti. Xususan, kechasi (+3…+5 daraja) va kunduzi (+11…+15 daraja) o‘rtasidagi keskin harorat farqi ertalabki tuman va harorat inversiyasi shakllanishiga sabab bo‘lgan. Ayni damda shahar nisbatan salqin havo massasi ta’siri ostida bo‘lib turibdi, yog‘ingarchilik kutilmayapti.

Ushbu meteorologik omillar ta’sirida atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida havo almashinuvi sekinlashgan, bu esa ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini cheklamoqda. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida atmosfera havosida mayda dispers zarrachalar (PM2.5 va PM10) konsentratsiyasining oshishi kuzatilmoqda.

Sinoptiklar prognozlariga ko‘ra, ertadan boshlab kutilayotgan yog‘ingarchiliklar havo sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent O'zgidromet havo sifati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing