Harbiy OTMlarga kirish yuzasidan yangiliklar ochiqlandi
Jamiyat
−
15 iyun 2020
8737Endi harbiy OTMlarga ham test sinovlari avgust oyida o‘tkaziladi harbiy oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlarga 5 tagacha yo‘nalishni tanlash huquqi beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bekzod Musayev Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tayotgan brifingda ma’lum qildi.
Jumladan Musayev quyidagi yangiliklar xususida so‘z ochdi:
• joriy yilda harbiy oliy ta’lim muassasalariga tanlab olishda dastlabki tanlov tadbirlari tumanlarda o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili ushbu tanlovlar viloyatlarda o‘tkazilgan edi.
• tibbiy ko‘rik esa ikki marta, tuman va viloyatda o‘tkaziladi.
• Prezident qarori bilan harbiy professional tanlash bekor qilinmoqda.
• Test sinovlari iyul-avgust oylarida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda abituriyentlarning o‘zlari tanlagan hududlarida o‘tkaziladi.
• bu yil oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy professional tanlash bo‘yicha barcha tadbirlar bekor qilinadi.
• harbiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda ro‘yxatdan o‘tkazishda, ularga test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma ketligi bir xil bo‘lgan fuqarolik oliygohlarining bakalavriat yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
LiveBarchasi